Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Migrantlar Rossiyadan vataniga qarzga pul jo‘natishlari mumkin

A A A
Migrantlar Rossiyadan vataniga qarzga pul jo‘natishlari mumkin

Buni 11 oktyabrdan boshlab “Zolotaya korona” to‘lov xizmatlari tizimi yordamida amalga oshirishning imkoni bo‘ladi, deb yozadi “Vedomosti” nashri kompaniya direktorlar kengashi raisi Nikolay Smirnovga tayangan holda.

Avvaliga migrantlar kichik miqdorda qarz olishlari mumkin – 5-15 ming rubl. Kreditni “Strana ekspress” kompaniyasi taqdim etadi.

21 kun mobaynida kredit bo‘yicha foiz olinmaydi, keyin kuniga u 1 foizni tashkil etadi.

Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, qarzni “Megafon”ning barcha salonlarida olish mumkin bo‘ladi. Keyin qarzni boshqa salonlarda ham berish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 13:32 06.10.2021. O'qildi: 3012 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!