Microsoft Azure bulutli saqlash platformasi foydalanuvchilari Qizil dengizdagi bir nechta xalqaro suv osti kabellari shikastlanishi sababli xizmat ko‘rsatishda uzilishlarga duch kelishi mumkin.
Bu haqda Microsoft kompaniyasi bayonotida aytilgan.
"Osiyo va Yevropadan Yaqin Sharq orqali oqib o‘tayotgan transport harakati Qizil dengizdagi bir nechta suv osti optik tolali kabellarning shikastlanishi tufayli kechikishlarga duch kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.
Amerika texnologiya korporasiyasi kabellarni tiklash uchun vaqt kerakligi haqida ogohlantirdi. Zarar sababi aniqlanmagan.
Bloomberg agentligi ta’kidlaganidek, Qizil dengiz Yevropani Afrika va Osiyo bilan bog‘lovchi muhim telekommunikasiya yo‘nalishi hisoblanadi. Nashrning ogohlantirishicha, yamanlik hutiylarning “Ansor Alloh” isyonchi harakatining Qizil dengizdagi kemalarga hujumlari davom etayotgani sababli suv osti kabellarini ta’mirlash oson ish bo‘lmasligi mumkin.