Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlikka ko‘ra, Microsoft texnologiyalari va dasturiy ta’minot vositalari falastinliklar ustidan ommaviy kuzatuvda foydalanilgani aniqlangach, kompaniya Isroil harbiy bo‘limlaridan biriga ayrim xizmatlarni, jumladan, Azure bulutli xotirasi va sun’iy intellekt xizmatlarini taqdim etishni to‘xtatgan.
"Bu qaror Isroil harbiylari G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi falastinliklarning telefon qo‘ng‘iroqlarini ommaviy tarzda yozib olgani fosh etilgach, qabul qilingan", deya yozmoqda Bloomberg.