Amerikalik milliarder va filantrop Bill Geyts uch nafar farzandi — Jennifer, Rori va Fibi hozirgi boyligining 1 foizdan kamroq qismini meros sifatida olishlarini ma’lum qildi. Forbes nashriing ma’lum qilishicha, Geytsning boyligi 101 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.
«Farzandlarim ajoyib bolalik va ta’limga ega bo‘lishdi, lekin ular boyligimning 1 foizdan ham kam qismini olishadi, chunki men bu ular uchun yaxshilik bo‘lmaydi, degan qaror qelganman. Men sulolalar yaratishni istamayman. Men ulardan Microsoftʼni boshqarishni so‘ramayapman»,
— deydi Geyts.
Bill Geyts o‘z boyligining katta qismi boshqalarga xizmat qilishi kerakligini ma’lum qildi. U 2000 yilda sobiq rafiqasi Melinda bilan Gates Foundation jamg‘armasiga asos solgan. Bugungi kunda u sog‘liqni saqlash, ta’lim va qashshoqlikni bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan dunyodagi eng yirik xususiy xayriya tashkilotlaridan biri hisoblanadi.