Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan yana bir fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan yana bir fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyatida MIB Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.T (1997 y.t.) qarzdor M.X.dan (1986 y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda fuqaro MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan uning oyog‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 10 sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

 

Kiritildi: 12:21 11.09.2019. O'qildi: 1545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!