Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

MIB: Qiymati 1 mlrd. 668 mln. so‘mlik mahsulotlar yo‘q qilindi

MIB: Qiymati 1 mlrd. 668 mln. so‘mlik mahsulotlar yo‘q qilindi

Samarqand shahridagi markaziy chiqindi poligonida Majburiy ijro byurosi Samarqand tuman bo‘limi ish yurituvdagi hujjat ijrosi bo‘yicha noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlarini ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yo‘q qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi va Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sanitariya epidemiologik va jamoat salomatligi boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda sudning tamaki mahsulotlarini yo‘q qilish bo‘yicha qarori ijrosi ta’minlandi.

Tadbir davomida tamaki mahsulotlari maxsus texnikalar ko‘magida yanchildi, suvga bo‘ktirildi va yakunda butunlay yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi 200-son qaroriga muvofiq tamaki mahsulotlari majburiy tarzda yo‘q qilib tashlanishi belgilangan.

Tamaki mahsulotlarini yo‘q qilishga qaratilgan tadbir esa ushbu topshiriq ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirlar davom etmoqda...

Jaloliddin SHERBOYEV,

Byuroning viloyat boshqarmasi katta inspektori

Kiritildi: 21:01 20.11.2023. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!