Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MIB: «Human»dan jabrlanganlarga moddiy zararlar qoplab berilmoqda

MIB: «Human»dan jabrlanganlarga moddiy zararlar qoplab berilmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov «Human xususiy bandlik agentligi» MCHJ mansabdorlarining firibgarligidan jabr ko‘rgan bir guruh fuqarolar bilan uchrashganidan so‘ng «Human» xususiy bandlik agentligi rahbari Shohnur Fayzullayevning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni ularning hisob raqamlariga tezkorlik bilan o‘tkazish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi MIB, «Ipoteka bank» hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda hududlarda ishchi guruhlar tashkil etilgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joylardagi ishchi guruhlariga 2020 yil 18-19 fevral kuni 1007 nafar fuqaro o‘ziga va yaqinlariga yetkazilgan zararni qaytarish masalasida murojaat etishgan. Jabrlanganlarning 91 nafari respublika hududidan tashqarida ekani aniqlanib, ularning yaqin qarindoshlariga moddiy zararni qaytarish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Shuningdek, ikki kun davomida 916 nafar jabrlanuvchiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi ochilib, ularning 819 nafariga jami 17,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini o‘tkazilishi ta’minlandi.

Alohida qayd etish kerak, bank kartalariga tushgan mablag‘larni fuqarolarning talablariga ko‘ra bir vaqtning o‘zida hech qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul ko‘rinishida berilmoqda.

Qolgan 97 nafar fuqaroga pul o‘tkazishda hujjatlardagi texnik xatoliklar aniqlangani sababli, ishchi guruh tomonidan ularni qisqa muddat davomida bartaraf etish va tegishli mablag‘larini o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishi eslatib o‘tiladi.

Kiritildi: 18:57 20.02.2020. O'qildi: 2281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!