Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

MIB: Call Center markaziga kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda

A A A
MIB: Call Center markaziga kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim fuqarolar tomonidan Byuroning 1107 qisqa raqamli ishonch telefoniga bog‘lanishda muammolar yuzaga kelayotganligi haqidagi xabar tarqatildi.
Yaxshi bilamizki, Byuro organlari tashkil topgan vaqtdan buyon fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish hamda murojaatlarni tezkorlikda hal etish yuzasidan - Byuroning murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi (Call Center) tashkil etildi.
O‘tgan 5 yil davomida fuqarolarimizdagi bo‘lgan ishonch va masofadan turib sud va boshqa organ hujjatlarini hal etishdagi qulaylik sabab kelib tushgan 90 mingdan ortiq murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Shunga qaramasdan, yildan-yilga kelib tushayotgan murojaatlarning sonini ortayotgani, o‘z navbatida fuqarolarda teleon orfali navbat kutish jarayonlari ham yuzaga kelayotgani rost gap.
Hozirda, Byuroning murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi (Call Center) da 10 dan ziyod operatorlar shtati mavjud.
Ammo, 4-5 nafar operaorlar boshqa lavozimlarga o‘tganligi hamda ish hajmining og‘irligi sababli, ishdan bo‘shash holatlari ham yuzaga kelgan.
Qolgan 4-5 nafar operatorlar imkon qadar fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib, tegishliligi bo‘yicha hal etish choralarini ko‘rishmoqda.
Oddiygina misol, fuqarolar tomonidan kuniga o‘rtacha 100 dan ortiq murojaatlarni qabul qilishmoqda.
Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun hozirda bo‘sh bo‘lgan operatorlik shattalarni to‘ldirish chorlari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarimiz o‘z murojaatlarini Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimiz orqali ham bemalol murojaat qoldirish mumkin.
Qoldirilgan raqam bilan Call Center markaziy operatorlari bog‘lanib, ularning muroljaatlarini zudlik bilan qabul qilishadi.

Kiritildi: 07:56 02.06.2022. O'qildi: 22353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!