Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MIB bank foydasiga kredit qarzdorligini undirdi

MIB bank foydasiga kredit qarzdorligini undirdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar N.T. va N.P. lar aksiyadorlik tijorat “Xalq bank” ning Taxiatosh tuman filialidan 30 mln. so‘m imtiyozli foyzlarda kredit qarzini oladi. Lekin, har oyda muntazam to‘lab borishni unutib qo‘yib, bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan to‘lovlarni 2 oydan ortiq vaqtga kechiktiradi... 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2019 yil 11 noyabr kungi ijro hujjatiga asosan, qarzdor fuqarolar N.T. va N.P dan AT “Xalq bank” Taxiatosh filiali foydasiga 30.203.000 so‘m kredit qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli kredit shartnomasi bekor qilinib, ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan ijro hujjati Byuroning Taxiatosh tuman bo‘limiga kelib tushadi va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atiladi.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorlarga ixtiyoriy muddatda ushbu kredit qarzdorligini bartaraf qilish uchun 15 kunlik muddat beriladi. Lekin, qarzdorlik qoplanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlarning yashash manziliga chiqilib, mavjud bo‘lgan mol-mulklari xatlovga olinadi.

Natijada mol-mulki xatlovga olingandan so‘ng qarzdor fuqarolar 30.203.836 so‘m kredit qarzdorligini to‘liq bartaraf qildi hamda davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishi tamomlandi.

Kiritildi: 17:16 07.02.2020. O'qildi: 2022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!