Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Miasteniya qanday kasallik?

A A A
Miasteniya qanday kasallik?

Miasteniya - nerv va mushak tizimi o‘rtasidagi aloqaning buzilishi natijasida kelib chiquvchi autoimmun kasallik bo‘lib, tana mushaklari zaiflashuvi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik ancha kech aniqlanadi.

Sababi shuki, organizm immun hujayralarining nerv-muskul tizimiga zararli ta’siri natijasida nerv-muskul aloqalari buziladi. Bunga virus va bakterial infeksiyalar ham sabab bo‘lishi mumkin.

🔷 Belgilari:
▪️ Mushaklar jismoniy faollikda zaiflashadi, dam olganda yana tiklanadi;
▪️ Gapirish, yutish, chaynash qiyinlashadi;
▪️ Nafas olish qiyinlashadi;
▪️ Ko‘z qovoqlarining tushishi;
▪️ Ovoz xirillashi;
▪️Yuk ko‘tarish va zinadan chiqishda qiyinchilik;
▪️Charchoq.

❗️Belgilar davolanmaslik natijasida kuchayib boradi.

Davolashda gormonal va nerv-mushak aloqalarini yaxshilovchi preparatlar buyuriladi. Kasallik alomatlari sezilsa, darhol nevropatolog shifokorga murojaat qilish lozim.

Kiritildi: 22:22 13.11.2021. O'qildi: 11974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!