Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan "Kalimin" dori vositasining taqchilligi yuzasidan rasmiy izoh berildi

A A A
Miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan "Kalimin" dori vositasining taqchilligi yuzasidan rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan "Kalimin" dori vositasining taqchilligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Miasteniya – muskullarning tez toliqishi bilan kechuvchi surunkali autoimmun kasallik bo‘lib, dunyoda har 100 ming aholidan 10-24 nafarida uchraydi. Bu xastalik turli yoshda, xususan, erta bolalik va keksalik davrida ham rivojlanishi mumkin.

— Tibbiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarning davolash standartlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Amerika nevrologlari akademiyasining “Miasteniyani davolash bo‘yicha xalqaro konsensus yo‘riqnomasi”da (2020 yilda yangilangan) xastalikka qarshi qo‘llash uchun “Xolinesteraza fermentining ingibitorlari” guruhiga kiruvchi vositalar qayd etilgan.

Shundan kelib chiqib, yurtimizda ham sohada uzoq yillik tajriba va bilimga ega olimlarning tavsiyalari asosida O‘zbekiston nevrologlari assosiasiyasi tomonidan ushbu guruhga mansub preparatlar miasteniyani davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Shuningdek, Agentlikning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazi tomonidan miasteniya kasalligini davolashda qo‘llaniladigan 16 turdagi (11 ta xorijiy va 5 ta mahalliy) dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ular tibbiy amaliyotda foydalanishga ruxsat berilgan.

O‘zbekiston nevrologlari assosiasiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu preparatlar orasida neostigmin metilsulfat (Prozerin), ipidakrin (Mediatorn) hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan galantamin gidrobromid tarkibli dori vositalari mavjud bo‘lib, davolash jarayonida ularning samaradorligi kuzatilmoqda.

Piridostigmin bromid (Kalimin N 60) O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida mavjud emas (ya’ni ro‘yxatdan o‘tmagan) va uning farmakologik ta’siri O‘zbekistonda o‘rganilmagan.

Kiritildi: 14:00 20.08.2022. O'qildi: 3197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!