Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Metrologiya sohasida tahsil oluvchi talabalar uchun maxsus stipendiya ta’sis etiladi

 Metrologiya sohasida tahsil oluvchi talabalar uchun maxsus stipendiya ta’sis etiladi

📝 Farmonga ko‘ra, metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027 yil 1 yanvardan boshlab:

🔹 o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikasiyalash tizimi joriy etiladi;

🔹 sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiladigan o‘lchash vositalari kalibrlashga o‘tkaziladi va standart namunalarni attestasiyadan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi;

🔹 kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va o‘lchashlar byurosi bazasida e’tirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yo‘nalishlari akkreditasiyadan o‘tishdan ozod qilinadi.

📁 2026/2027 o‘quv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun:

🔸 “Maxsus stipendiya” ta’sis etiladi;

🔸 rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini o‘rganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;

🔸 so‘nggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi "2+2" shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!