Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Meta kompaniyasi yana 10 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Meta kompaniyasi yana 10 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Meta kompaniyasi 10 mingga yaqin xodimni yoki ishchi kuchining taxminan 13 foizini ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu kompaniya asoschisi Mark Sukerberg “samaradorlik yili” deb atagan maqsadga erishish uchun so‘nggi qadamdir, deya xabar berdi The New York Times.

Ishdan bo‘shatish kompaniyaning ishga qabul qiluvchi jamoasiga shu hafta ta’sir qiladi, aprel va may oylarida texnik va biznes guruhlarini qayta tuzish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Ishdan olish haqidagi bayonot kompaniyaning so‘nggi olti oy ichida ishchilarni qisqartirishlarining ikkinchi bosqichidir. Noyabr oyida Meta 11 mingdan ortiq odamni ishdan bo‘shatgandi, bu o‘sha paytdagi ishchi kuchining taxminan 13 foizini tashkil etgan.

Shuningdek, Meta hali to‘ldirilmagan 5 000 ga yaqin vakansiyalarni yopishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning boshqa sa’y-harakatlari orasida shu yozda Meta kompaniyasining o‘tgan mart oyida sinovdan o‘tkazgan gibrid ofisga qaytish modelini yakunlash rejasini o‘z ichiga oladi.

“Bu qiyin bo‘ladi va boshqa yo‘l yo‘q”, — deya ta’kidlagan Mark Sukerberg.

U fevral oyida o‘z kompaniyasining o‘rta darajadagi menejerlar qatlamidan iborat bo‘lishini istamasligini qayd etgandi.

Meta sentyabr oyi oxirida 87 mingdan ortiq xodimga ega edi. 2020 va 2021 yillarda kompaniya 27 mingdan ortiq yangi xodimlarni ishga qabul qilgan bo‘lsa, 2022 yilning yanvar sentyabr oylarida uning xodimlari yana 15,3 ming kishiga ko‘paydi.

Kiritildi: 00:00 15.03.2023. O'qildi: 1865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!