Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Messining miyasi Eynshteyn va da Vinchinikidek"

"Messining miyasi Eynshteyn va da Vinchinikidek"

Argentinalik futbolchi Alexandro Gomes 39 yoshli hamyurti Lionel Messining iqtidori haqida fikr bildirdi.

"Leoning miyasi oddiy odamnikidan tezroq ishlaydi. Texnika jihatidan minglab futbolchilar to‘pni nazorat qilish, tezlik, pas berish va dribling borasida u bilan tenglasha olmaydi.

Bu — Eynshteyn yoki da Vinchinikidek geniy miyasi", — deya Gomesning so‘zlarini Infobae keltirdi.

Messi 6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

"Albiseleste" o‘z maydonida Benin terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Lionel mazkur bahsda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:13 08.10.2026. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik