«Manchester Yunayted» klubining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning «Inter Mayami»da birga to‘p surishini amalga oshishi mumkin bo‘lgan voqea deb hisoblaydi.
«Agar buni barcha tomonlar — Messi, "Inter Mayami" va Ronalduning o‘zi istasa, demak, qanday muammo bo‘lishi mumkin? Messi va Ronalduning bir jamoada o‘ynashi — bu reallik», — dedi Kanchelskis.
Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda Messi Amerikaning «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda, Ronaldu esa Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasida to‘p surmoqda. Argentinalik yulduz faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, portugaliyalik hujumchida bu sovrin beshtani tashkil etadi.