Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Messi va Neymar transfer bahosi eng ko‘p arzonlagan futbolchilar beshligidan joy oldi

Messi va Neymar transfer bahosi eng ko‘p arzonlagan futbolchilar beshligidan joy oldi

Transfermarkt portali 2020 yilda transfer bahosida eng ko‘p pasayish kuzatilgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bahosi keskin pasaygan futbolchi «Real» yarimhimoyachisi Eden Azar bo‘ldi. Belgiyalik 29 yoshli futbolchining transfer narxi yanvar oyidan buyon 60 million yevroga pasayib, endi 60 million yevroni tashkil etmoqda. 

Bu borada ikkinchi o‘rinda Lionel Messi qayd etilgan. «Barselona» forvardining transfer narxi 40 million yevroga arzonlab, hozirgi paytda 100 million yevroni tashkil etmoqda. 

Uchinchi o‘rindan «Barselona»ning yana bir hujumchisi Antuan Grizmann joy olgan. Fransiyalik futbolchining ham transfer bahosi 40 million yevroga kamayib, hozirda 80 million yevroni tashkil etmoqda.

Reytingning kuchli beshligiga «Manchester Siti» hujumkor yarimhimoyachisi Rahim Sterling va «Pari Sen-Jermen» forvardi Neymar ham kiritilgan. Angliyalik va braziliyalik yulduzlarning transfer narxi 32 million yevroga arzonlagan.

Kiritildi: 13:23 13.10.2020. O'qildi: 2823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!