Xabaringiz bor, Barselona Ispaniya chempionati navbatdagi turida Espanyol bilan kuch sinashdi. Kataloniya klubi Lionel Messining ikkita goli evaziga navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Messi o‘yin qahramoniga aylandi, ammo raqib jamoaning 20 yoshli futbolchisi Pedrosa aynan Messi tufayli jamoasi muxlislarining nafratiga yo‘liqdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda Espanyol futbolchisini qattiq haqoratilishdi va jamoadan ketishini talab qilishdi. Bunga esa 20 yoshli futbolchi va Messi o‘rtasidagi quyidagi voqea sabab bo‘ldi.