Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Messi tarixdagi eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchilar reytingida yetakchiligini mustahkamlamoqda

A A A
Messi tarixdagi eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchilar reytingida yetakchiligini mustahkamlamoqda

"Inter Mayami" MLS muntazam mavsumida g‘alaba qozondi va sovrinni qo‘lga kiritdi. Hujumchi Lionel Messi uchun bu sovrin uning faoliyatidagi 46-kubogi bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi tarixdagi eng titulli futbolchilar reytingida yetakchilikni mustahkamladi. Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni 43 ta sovrin qo‘lga kiritgan "Barselona"ning yana bir sobiq futbolchisi Dani Alves egallab turibdi.

Kuchli uchlikni misrlik Xossam Ashur 39 ta sovrin bilan yakunlab turibdi. To‘rtinchi o‘rinni "Barselona"ning uchta sobiq o‘yinchisi - Andres Inyesta, Jerar Pike va Serxio Buskets bo‘lishib turibdi. Ularning har birida 37 tadan sovrin bor.

David Alaba 36 ta sovrin bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Kenni Dalglish, Rayan Giggz va Krishtianu Ronaldu 35 tadan kubok bilan sakkizinchi o‘rinni bo‘lishdi.

Kiritildi: 18:17 03.10.2024. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!