«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistonining «Mahd» akademiyasi direktori Abdullo Hamad hamda Saudiya Pro Ligasi vakillari bilan bevosita aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Sasha Tavolyeri X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida darajadagi muzokaralar jadal kechmoqda. Shu bilan birga, yakuniy natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Messi qaysi klubda o‘ynashni shaxsan o‘zi tanlaydi. Shuningdek, argentinalik futbolchi Ar-Riyod shahri bilan yaxshi tanish ekani va u yerda ko‘rgan uylar hamda maktablardan katta taassurot olgani ta’kidlangan.
Ayni paytda Lionel Messi AQShning «Inter Mayami» jamoasida to‘p tepadi. Undan avval u «PSJ» va «Barselona» jamoalarida o‘ynagan. Shuningdek, mashhur futbolchi faoliyatining ilk bosqichida olti yil davomida «Nyuells Old Boyz» akademiyasida tarbiyalangan. Messi faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, jumladan, Argentina terma jamoasi safida 2022 yilda jahon chempionatida g‘olib chiqqan va sakkiz marotaba «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lgan.