"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi "PSJ"ga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan (0:4) keyin post qoldirdi.
"Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati biz uchun Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibiga mag‘lubiyat bilan yakunlandi. "PSJ"da men juda qadrlaydigan odamlar bor va ular bilan ko‘rishganimdan xursandman. Maqsadimizga erishganimiz va turnirning eng yaxshi 16 jamoasi qatoriga kirganimizdan faxrlanamiz. MLS va bo‘lajak o‘yinlarga e’tibor qaratish vaqti keldi," - deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.