"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS rekordlarini yangilashda davom etmoqda. Dushanba kuni argentinalik futbolchi chorak finalda "Sinsinnati"ga qarshi o‘yinda (4:0) gol va uchta golli uzatma bilan jamoasini pley-offning yarim finaliga olib chiqdi.
Inter Miami News Hub xabariga ko‘ra, endilikda aynan Messi MLS pley-off bosqichida golli harakatlar soni bo‘yicha rekordchiga aylandi - 12 (6+6). Bunday ko‘rsatkichga erishish uchun 38 yoshli hujumchiga atigi 4ta o‘yin kifoya qildi.
Avvalgi rekordchilar Ante Razov va Karlos Ruis bo‘lib, ular 2000 va 2002 yillarda mos ravishda o‘n ochko to‘plagan.