Bugun "Inter Mayami" "Nyu-York Siti"ni yirik 5:1 hisobida taslim etdi.
Ushbu uchrashuvda argentinalik hujumchi Lionel Messi golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, uning faoliyatidagi assistentlar soni 405 taga yetdi va vengriyalik afsonaviy hujumchi Ferens Pushkashga tegishli bo‘lgan golli uzatma rekordini yangiladi.
Joriy mavsumda Messi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.