Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Messi gol urilmagan penaltilar soni bo‘yicha Ronalduga yaqinlashib oldi

Messi gol urilmagan penaltilar soni bo‘yicha Ronalduga yaqinlashib oldi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi dam olish kunlari "Sharlotta"ga qarshi MLS uchrashuvida penaltidan unumli foydalana olmadi.

Argentinalik futbolchi "panenka" uslubida zarba berdi. Bu argentinalik faoliyatida to‘p kiritigmagan 32-penalti edi. Hammasi bo‘lib Messi 145 ta penalti tepgan bo‘lib, undan samara chiqarish koeffisiyenti 77,93% ni tashkil qiladi.

Messining asosiy raqibi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 210 marta 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirgan va 33 tasida gol urolmagan. Uning unumli foydalangan penaltilari koeffisiyenti 84,29%.

Oxirgi marta Messi 2022 yilning dekabrida Polshaga qarshi Jahon chempionati bahsida penaltini aniq amalga oshira olmagan edi.

Kiritildi: 23:44 16.09.2025. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!