Lionel Messi faoliyati davomida 1300 ta golli harakatni amalga oshirdi.
38 yoshli hujumchi klublar va terma jamoasi safida jami 1135 ta o‘yinda maydonga tushib, 896 ta gol va 404 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Bugun Messi "Inter Mayami" safida MLS Kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Sinsinnati"ga qarshi o‘yinda (4:0) gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchining hisobida "Barselona" safida 672 ta gol va 269 ta assist, "PSJ"da 32+34, "Inter Mayami"da 78+39, milliy jamoada 114+62 bor.
Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida 1213 ta (954+259) golli harakat amalga oshirib, jami 1298 ta o‘yinda maydonga tushgan.