Lionel Messi yakshanba kuni Chempionlar ligasi g‘olibi maqomida kelayotgan sobiq jamoasi "PSJ" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Messi "PSJ"da o‘tkazgan ikki yilini alam bilan eslaydi. Uning ta’kidlashicha, bu uning futbolchilik faoliyatidagi eng yomon yillar bo‘lgan.
"Bu mening faoliyatimdagi eng yomon ikki yil edi. Quvonch juda oz, baxt juda oz. Bu ikki salbiy yil bo‘ldi - mashg‘ulotlarda yomon bo‘ldi, rasmiy o‘yinlarda yomon bo‘ldi. Men juda qiyinchilik bilan moslashishga harakat qildim, ammo uddalay olmadim," - deya Messining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.