Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi JCH-2022 guruh bosqichining Meksikaga qarshi o‘yinini (2:0) Argentina terma jamoasi uchun jahon chempionatidagi eng qiyini deb atadi.
“Biz uchun eng qiyin uchrashuv Meksikaga qarshi kechdi, chunki unda hamma narsa xavf ostida edi. Va bu biz eng yomon o‘ynagan o‘yin bo‘ldi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi va bu bizni boshqacha o‘ynashga majbur qiladi", dedi Messi Urbana Play radiosida.