Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Messi Argentina terma jamoasidan ketdimi?

Messi Argentina terma jamoasidan ketdimi?

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi uy uchrashuvini o‘tkazgan ko‘rinadi. 38 yoshli hujumchi ikkita gol urdi va jamoaga JCH-2026 saralashida Venesuelani mag‘lub etishga yordam berdi - 3:0.

Uchrashuv yakunlangach, Messi argentinalik muxlislar bilan xayrlashib, ta’sirli nutq so‘zladi.

"Juda ko‘p yillar o‘tdi, biz har bir o‘yindan zavqlanardik. Men juda baxtliman. Hammasini mana shunday yakunlashni men doim orzu qilardim. Men bu yerda o‘ynab, juda ko‘p narsalarni boshdan kechirdim. Argentinada muxlislarimiz qarshisida o‘ynash har doim yoqimli. Barselonada meni yaxshi ko‘rishardi, bu yerda ham menga shunday munosabatda bo‘lishlarini orzu qilardim," - deya Messining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Kiritildi: 10:15 05.09.2025. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!