Fridrix Mers kansler bo‘lganiga atigi to‘rt kun bo‘ldi, biroq ko‘pchilik nemislar uning faoliyatidan allaqachon norozi. Bild uchun INSA instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning atigi 23 foizi hukumatning yangi rahbari haqida ijobiy fikrda. Taqqoslash uchun, Olaf Shols 2021-yilda saylanganidan ikki kun o‘tib, bu ko‘rsatkich 37 foizni tashkil qilgan.
Shubhalar nafaqat Mersning o‘ziga, balki butun yangi qora-qizil koalisiyaga ham tegishli. Respondentlarning atigi 29 foizi uning harakatlaridan qoniqish hosil qilgan, deyarli yarmi esa qoniqmagan.
"Odamlarning yangi hukumatga ishonchi juda oz. Lekin bu Mers uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. Agar migrasiya va iqtisodda sezilarli yaxshilanish bo‘lsa, mashhurlik reytinglari ko‘tarilishi mumkin. "Faqat bayonotlar yetarli emas”, dedi INSA rahbari Herman Binkert Bild nashriga.