Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Mers Trampni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi va Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

 Mers Trampni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi va Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

Gaagada bo‘lib o‘tgan alyans sammiti chog‘ida Germaniya kansleri Fridrix Mers Donald Trampga "Ukrainadagi vaziyat nuqtai nazaridan AQSh ham Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga qo‘shilishi zarurligi yuzasidan qat’iy iltimos" bilan murojaat qildi.

"Bu mojaroning harbiy yechimi yo‘q. Biz Moskvaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz kerak", — dedi Fridrix Mers.

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 18-paket sanksiyalarni 26 iyun kuni yakuniy tarzda tasdiqlaydi, ammo bu yetarli emas va Qo‘shma Shtatlarning faol ishtiroki zarur, chunki faqat Vashington Rossiya neft va gazini sotib olayotgan Xitoy va Hindiston kabi davlatlarga sanksiyalar joriy qila oladi.

"Rossiya butun NATO'ga hujum qilish uchun yetarlicha kuchli emas, lekin u bir kun kelib bizning mudofaa qobiliyatimizni sinab ko‘rishga urinib ko‘rmasligiga kafolat yo‘q. Hech kim va hech qachon alyansga hujum qilishga jur’at qilmasligi shart!", — deya ta’kidladi Germaniya kansleri.

Kiritildi: 10:33 26.06.2025. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!