Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatmaguncha, u yerga G‘arb qo‘shinlarini yuborish haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini aytdi.
Bu haqda u Sat.1 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"O‘sha paytgacha (o‘t ochishni to‘xtatish) Ukrainaga qo‘shin yuborilmaydi”, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, sulh o‘rnatilgan taqdirda ham, bu faqat "muhim shartlar bilan" Germaniya uchun mumkin bo‘ladi; bu yo‘lda "ko‘p to‘siqlar" bor. Uning qo‘shimcha qilishicha, "har qanday holatda ham Germaniya Ukrainada harbiy missiya o‘tkazishni rejalashtirmagan".
Shu bilan birga, kansler Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish masalalari Yevrokomissiya (EK) emas, xohlovchilar deb atalmish koalisiya vakolatiga kirishini ta’kidladi. "Bu Yevropa Ittifoqining vakolatiga kirmaydi", dedi u.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi prezidenti Ursula fon der Lyayen Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Yevropada o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash doirasida Ukraina hududiga qo‘shinlarni joylashtirish bo‘yicha "juda aniq reja" borligini aytgan edi. Uning so‘zlari Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius tomonidan keskin tanqid qilindi va u muzokaralar boshlanishidan oldin bunday masalalarni muhokama qilish tubdan noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi.