Germaniya kansleri Fridrix Mers 6 mart kuni Myunxendagi hunarmandchilik ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida Erondan Yevropaga nazoratsiz qochqinlar oqimining oldini olish zarurligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday oqim yuzaga kelmasligi uchun Eronda jamoat tartibi saqlanishi va mamlakat aholisi asosiy xizmatlardan foydalana olishi kerak.
Mers qochqinlar oqimi qay darajada bo‘lishi mumkinligini hozircha baholash qiyinligini aytdi. Biroq u Yevropada yana Suriya urushi davrida kuzatilgan vaziyat takrorlanishini istamasligini ta’kidladi.
Ma’lumki, Suriyadagi uzoq yillik fuqarolik urushi davomida millionlab odamlar mamlakatni tark etgan. Ularning katta qismi Yevropa davlatlariga, jumladan Germaniyaga qochib o‘tgan.