Bugun 20 noyabr, 2019 yil, chorshanba

КИР

Merilin Monroning qora o‘tmishi

Merilin Monroning qora o‘tmishi

Merilin Monro "tarixdagi eng go‘zal ayol" bo‘lib, u 1900 yillarning o‘rtalarigacha mashhur aktrisa va go‘zallik timsoli edi. Ammo Gollivud yulduzi bo‘lishdan oldin uning hayoti qanday bo‘lganligi haqida bilasizmi?

Asl ismi Norma Jean Mortenson edi va u hayotining dastlabki yillarini shizofrenik paranoid bo‘lgan onasining qaramog‘ida o‘tkazdi. Norma 8 yoshga to‘lganida, onasi ruhiy kasal bo‘lib qoldi, Normani bolalar uyiga berib yubordi. Norma yetim bo‘lib qoldi. Norma tez-tez yetimxonalarini almashtiradi. Ammo hech qaysi birida osuda hayot topolmaydi. Oxir oqibat u onasining bir do‘stini topadi va uning uyiga joylashadi.

U 15 yoshligida - o‘sha paytda uni tarbiyalayotgan oilasi boshqa joyga ketishga qaror qilishadi va uni tashlab ketishadi. Ularning taklifiga binoan uni boshqa mehribonlik uyiga yuborilmaslikligi uchun, Norma (15 yosh) qo‘shnisi 21 yoshli Jeyms Dugherti ismli erkak bilan turmush qurishi kerak edi. Uning ushbu turmushi ham uzoq davom etmaydi. Bir yil ichida uni erini dengiz piyoda askari sifatida urushga jo‘natishadi.

Shunday qilib, u 17 yoshida Armiya uchun uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqaradigan zavodda ish boshladi. Bir fotosuratchi uni "kashf etdi" va unga fabrikada ishlashdan ko‘ra "yaxshiroq" narsani taklif qildi - buning o‘rniga u shov-shuvli suratga tushishi mumkin edi.

Norma bu taklif uning yorqin kelajagi bo‘lishiga ishondi, shuning uchun u erini tashlab ketdi, sochlarini sarg‘aytirdi va ​​ismini Merilin Monroga o‘zgartirdi. U mashhur kishilar bilan turmush qurdi, prezidentlar bilan ish olib bordi va oxir-oqibat Gollivudning Shon-sharaf zalida o‘z izini qoldirdi. Uning bu hayotiy hikoyasi tufayli uning katta, jasur va chiroyli tabassumi ortida ko‘p qayg‘u borligini bilib olish mumkin, deya xabar bermoqda Quora.

Kiritildi: 06:43 08.11.2019. O'qildi: 2462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!