AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralar hayratlanarli kelishuvga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
"Menimcha, bu muzokaralar ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan kelishuv bilan tugaydi", — dedi u The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida.
Vensning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp vaziyatga bir tomonlama qaramaydi. "U (Tramp) shunday deydi: "Masala muhokama uchun ochiq, kelinglar, kelishamiz'", — dedi amerikalik amaldor.