Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Mendirman Jaloliddin" — Ozodbek Nazarbekov serial ijodkorlari bilan uchrashdi (FOTO)

"Mendirman Jaloliddin" — Ozodbek Nazarbekov serial ijodkorlari bilan uchrashdi (FOTO)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ayni damda Turkiyada bo‘lib turibdi.

U Turkiyada suratga olinayotgan "Mendirman Jaloliddin" seriali ijodkorlari bilan uchrashdi. Bu haqda u instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan xalqimizning mard, jasur ŭg‘loni, milliĭ qahramonimiz Jaloliddin Manguberdi haqida turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda serial suratga olinaYËtgani yaxshi ma’lum. Xalqimiz intiqlik bilan kutaYËtgan ushbu kinoasar nafaqat turkiĭ dunë ahli, balki jahon kinoindustriyasi olamida ham e’tiborga tushsa, turkiĭ xalqlarning bosh bŭg‘ini bŭlgan ŭzbek nomi yanada yuksalsa degan ezgu orzu ortidagi sa’ĭ-harakatlar samarasini, bu ĭŭldagi qizg‘in ijodiĭ mehnat jaraYËnini kuzatish, ŭrganish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurdik. “Mendirman Jaloliddin”serialining suratga olish ishlarini kŭrib, unda ishtirok etaYËtgan aktërlarimiz bilan suhbatlashish asnosida ular uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlardan kŭngil tŭldi. Har ikki mamlakat kinoijodkorlaridan iborat katta jamoa uchun ajratilgan 50 gektarli pavilyonda ijodkorlar ŭzaro samimiĭ muloqotda, tajriba almashishyapti. “Bozdag‘film” rahbari Mehmet Bozdag‘ ham ishtirokchilarning iqtidor va iste’dodini, kasb mahoratini, ishtiYËqini e’tirof etdi. U bilan muloqot davomida ushbu film turkiĭ xalqlarning tarixi, madaniyati, insoniĭ fazilatlaridan sŭzlovchi keng qamrovli, tomoshabin diqqatini ŭziga jalb eta oladigan durdona asar bŭlishi zarurligi, dunë kinoijodkorlari va tomoshabinlariga ham manzur bŭlishi kerakligi ta’kidlandi. Bosh qahramon — Jaloliddin Manguberdi obrazini turkiyalik aktër Emre Kiviljim gavdalantirmoqda. Unga bu boradagi mas’uliyati nihoyatda kuchli ekani, uni gavdalantirishda kuch-quvvat, chapdastlik, jasoratli bŭlish bilan birga ŭta hushërlik, yuksak mahorat talab etilishi uqtirildi. Serialda Ŭzbekistonda xizmat kŭrsatgan artistlar Saida Rametova, Tohir Saidov, Boir Xolmirzayev, Ra’no Shodiyeva, aktërlar Javohir Zokirov, J, Akbarxŭja Rasulov, Akmaljon Mirzayev, Raĭhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova, Farhod Badalov, Nurmuhammad Husniddinov, Jamshid Sagatov, Yahë Pŭlatovlar ham suratga tushmoqda. Ularning kasbiga bŭlgan mas’uliyati, ish jaraYËnidagi faolligi, kŭtarinki kaĭfiyati bizni xursand qildi.

Serialining suratga olishda uning bosh maslahatchisi Boboxon Muhammad Sharifning ham xizmatini alohida e’tirofga sazovordir. Yana liboslar bo‘yicha dizaynerlar Sevara Zunnunova va Sharofat Hasanxo‘jayevalarning ham hissasi katta. Ular har bir obrazga mos qilib liboslar tikishdi. Bunda, albatta, o‘sha davr ham inobatga olindi. Serialda mingdan ziyod kishi ishtirok etyapti.
O‘zbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag‘film” kinokompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq mazkur tarixiy serialga “Orient Finans Bank” tijorat banki homiylik qilmoqda.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, hamkorlikdagi ushbu loyihaga har ikki tomondan tegishli mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, jarayon to‘liq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Tez orada dastlabki qismlari montajlanayotgan serial xalqimiz hukmiga havola etiladi.
Bizning milliy g‘ururimiz toptashni istaydiganlar ham topiladi. Ularga qarshi turishimiz uchun esa Jaloliddin Manguberdi kabi qahramonlar juda kerak. Ana shunday millatimizning milliy qahramonlarining hayotini targ‘ib etishimiz shart. “Mendirman Jaloliddin” seriali shu maqsadda suratga olinyapti", deb yozdi Ozodbek Nazarbekov.

"Mendirman Jaloliddin" — Ozodbek Nazarbekov serial ijodkorlari bilan uchrashdi (FOTO)"Mendirman Jaloliddin" — Ozodbek Nazarbekov serial ijodkorlari bilan uchrashdi (FOTO)"Mendirman Jaloliddin" — Ozodbek Nazarbekov serial ijodkorlari bilan uchrashdi (FOTO)

Kiritildi: 14:44 10.09.2020. O'qildi: 5659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!