Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Men rekordlarni yangilashga odatlangandim, endi ularni ortidan quvmayman – Ronaldu

Men rekordlarni yangilashga odatlangandim, endi ularni ortidan quvmayman – Ronaldu

Portugaliya terma jamoasi va «Al Nassr» klubi hujumchisi bor e’tiborini futboldan zavq olishga va jamoasi uchun g‘alaba qozonishga qaratganini aytdi.

Krishtianu Ronalduning ta’kidlashicha, u shaxsiy yutuqlarga erishishdan ko‘ra, Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klubi «Al Nassr»da mukammal jamoa a’zosi bo‘lishga ko‘proq e’tibor qaratgan.

39 yoshli futbolchi dushanba kuni Osiyo Chempionlar Ligasi «B» guruhidan o‘rin olgan «Al Nassr»ning Qatarning «Al-Rayyan» klubiga qarshi o‘yinida (2:1) gol urdi.

Bu o‘tgan oy Luis Kastro o‘rniga kelgan yangi bosh murabbiy Stefano Pioli qo‘l ostida klubning barcha musobaqalardagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi.

«Bu OCHLdagi barcha o‘yinlar kabi kuchli va og‘ir o‘yin bo‘ldi, lekin eng muhimi, biz ko‘p vaziyatlar yaratdik va raqibga oson vaziyatlar yaratishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yaxshi himoyalandik», dedi Ronaldu matbuot anjumanida.

“Endi men eng zo‘rimanmi yoki yo‘qmi muhim emas, endi bu menga ahamiyatli emas. Futbolchining gol urishi yaxshi, men uchun esa jamoaning g‘alaba qozonishi yaxshiroq.

“Men rekordlarni yangilashga odatlanganman edim va endi ularni ortidan quvmayman. Hozir men uchun eng muhimi – rohatlanish va «Al Nassr» va jamoadoshlarimga g‘alaba qozonishda yordam berish”.

Ronaldu o‘tgan may oyida 35 ta gol bilan chempionatning bir mavsumidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Portugaliya sardori o‘tgan oy Millatlar ligasida Shotlandiyaga qarshi o‘yinda (2:1) faoliyatidagi 901-golini kiritdi.

Kiritildi: 19:15 03.10.2024. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!