Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Men Qrimga tanklarda kelaman»

«Men Qrimga tanklarda kelaman»

Rossiya va Ukraina o‘rtasida ushlab turilgan shaxslar almashinishida ishtirok etgan Oleg Sensov Qrimga qaytishni rejalashtirmaganligini aytdi. U bu haqida 10 sentyabr kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning yaqin kelajakdagi rejalari haqidagi savolga javob berib, Sensov shunday dedi:

"Men eng ajoyib ishlarni qilaman – bu kino yaratish va yashash. Qrimga kelsak – men u yerga faqat tanklarda qaytaman, ammo hozircha biz qila olmaymiz … Mening so‘zlarimni so‘zma-so‘z aytishga hojat yo‘q". 

U Kiyevda yashashni rejalashtirayotganini va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkinligini ta’kidladi:

«Mening kelajakdagi hayotim, ehtimol siyosiy masalalarga kelsak, men uchun bu savol haligacha ochiqligicha qolmoqda, ya’ni men o‘zim hali qaror qilmadim, savol haligacha ochiq.»

Strana.ua xabar berishicha, avvalgi matbuot anjumanida boshqa bir almashinuv qatnashchisi Aleksandr Kolchenko 2014 yil bahorida «Qrimning rus hamjamiyati» tashkiloti va «Yagona Rossiya» partiyasi ofisida o‘t qo‘yganini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014 yil mart oyida Ukrainada qurolli davlat to‘ntarishidan keyin Rossiya tarkibiga kirgan. Rossiya bilan birlashish masalasi Qrim referendumiga kiritildi va uning 95 foiz ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Kiritildi: 05:45 11.09.2019. O'qildi: 6710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!