Siz fake-news, ya’ni yolg‘on xabar nima ekanini bilasizmi, deb boshlangan IIBB saytida e’lon qilingan context.uz xabarida.
Bunday yolg‘on xabarlar mualliflari sizning diqqat e’tiboringizni o‘ziga jalb qilish hayajoningizni qozonish va vaqtingizni yolg‘on muammoni muhokama qilish va uni o‘z tanishlarningiz orasida tarqatishni – o‘zlariga maqsad qilib olgan.
"Mana bu ko‘rib turgan xabaringiz – aynan shunday xabarlardan. Agar menga shunaqa xabar jo‘natishsa men uni darhol IIBBga yo‘llayman. Ularning matbuot xizmati juda yaxshi ishlaydi”, - deb yozadi maqola muallifi.
IIBB xabariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda yuqoridagi xabarda ko‘rsatilgan Uchtepa tuman IIBBiga hech kim murojaat qilmagan. Ya’ni “men hozir IIBga ketayapman” deb yozgan ushbu xabar muallifi aslida hech qayerga bormagan.
Ushbu xabar faqat bir maqsad yo‘lida – ijtimoiy tarmoqlardagi biror sahifani targ‘ib qilish, ko‘p sonli izohlar hisobidan sayt reytingini oshirishga qaratilgan bo‘lgan. Balkim, yoshbu yolg‘on xabar muallifi ishonuvchan odamlar ustidan kulmoqchi bo‘lgandir.
Ana shunday yolg‘on, vahimali xabarlardan saqlanish uchun quyidagilarga amal qiling:
Qisqasi biror muammoning qaynoq muhokama qilishdan oldin – uni haqiqiyligini tekshirib ko‘ring!