Mamlakat janubi-sharqidagi Tabasko shtatidagi Meksikaning Vilyermos shahridagi barga qurollangan odamlar hujumi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi yaralandi.
Bu haqda TabascoHoy nashri shtat bosh prokuraturasiga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qurollangan shaxslar Dbar barida bo‘lgan tashrif buyuruvchilardan birini izlab kirgan, shundan so‘ng o‘t ochgan. Oqibatda 5 kishi voqea joyida, yana 1 kishi keyinchalik shifoxonada vafot etgan. 10 kishi jarohat olgan.
Meksika jamoat xavfsizligi va fuqarolarni himoya qilish vaziri Omar Garsiya Xarfush X ijtimoiy tarmog‘ida "federal hokimiyat xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ushbu zo‘ravonlik harakatini aniqlashda yordam berayotganini" ma’lum qildi.