Meksikalik darvozabon Xorxe Kampos 58 yoshida futbol maydoniga qaytishga qaror qildi.
Kampos o‘zining asosiy faoliyatini 2004 yilda yakunlagan, u Meksika terma jamoasi tarkibida bir nechta jahon chempionatlarida ishtirok etgani bilan esda qolgan.
Kampos Ispaniya chempionatining beshinchi ligasida o‘ynaydigan "Mexico FC" klubi bilan shartnoma imzoladi. Qizig‘i shundaki, Kampos o‘z faoliyatida ilk bor Yevropada o‘ynaydi.