Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Meksikada sobiq vazir 38 yilga qamaldi

Meksikada sobiq vazir 38 yilga qamaldi

Meksikaning sobiq jamoat xavfsizligi vaziri, narkokartellarga qarshi kurashga boshchilik qilgan Jenaro Garsiya Luna AQShda narkotik savdogarlaridan pora olganlikda ayblanib, 38 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Garsiya Luna Meksika huquqni muhofaza qilish organlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Xususan, 2001 yildan 2006 yilgacha u Federal tergov agentligini boshqargan, so‘ngra olti yil davomida Jamoat xavfsizligi vaziri bo‘lgan. Sobiq amaldor korrupsiyaga qarshi kurash bilan nom qozongan. Xususan, u ushbu mavzuda bir nechta kitob yozgan.

Garsiya Luna iste’foga chiqqach, AQShga ko‘chib o‘tgan va 2019 yilda narkokartellardan, jumladan, mashhur “Sinaloa” karteli yetakchisi Xoakin Gusmandan pora olganlikda ayblanib, hibsga olingan.

Prokuratura sobiq mulozimni umrbod qamoqqa hukm qilishni talab qilgan, ammo sud 38 yil qamoq jazosi bilan cheklangan. O‘z navbatida, Garsiya Lunaning advokatlari narkokartel a’zolari ularning himoyasidagi shaxsga tuhmat qilganini ta’kidlab, faqat 20 yillik qamoq jazosi yetarli bo‘lishini da’vo qilgan. Biroq, sud hukmi o‘zgarishsiz qolgan.

Kiritildi: 21:30 17.10.2024. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!