Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Meksikada ilk bor “kurash” terminologiyasi qo‘llaniladi

A A A
Meksikada ilk bor “kurash” terminologiyasi qo‘llaniladi

Milliy sport turimiz kurashning xalqaro maydondagi ommalashuvida chet davlatlarda tashkil etilayotgan milliy federasiyalarning o‘rni beqiyos. Zotan, kurash musobaqalarining o‘tkazilishi orqali o‘zbekona so‘zlarning xorijiy mamlakat sport maydonlarida jaranglashi, xalqimizga xos iboralarning qo‘llanilishi azaliy qadriyatlarimizning yangicha talqinda rivoj topayotganini anglatadi.

Bu, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosining yorqin ifodasi bo‘lmoqda.

Xalqaro kurash assosiasiyasi xabariga ko‘ra, Meksika kurash federasiyasi vakillarining sa’y-harakatlari tufayli kurash mamlakatning ko‘plab mintaqalaridagi sport klublarida tashkil etiladi.

Meksika sport vazirligi va boshqa rasmiy tashkilotlar hamkorligida joriy yilning 30 iyul kuni Meksika poytaxtining Gonduras sektoridagi Lagunilya sport majmuasida kurash bo‘yicha ochiq turnir tashkil etiladi.

Meksika kurash federasiyasi prezidenti Xuan Xose Kruz Santillanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turnir Meksikada “kurash” terminologiyasining rasmiy qo‘llanilishidagi ilk qadam bo‘lib tarixga kirmoqda.

Kiritildi: 17:23 05.07.2023. O'qildi: 1414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!