Meksikaning San-Luis-Potosi shtatidagi Tankanuis-de-Santos munisipaliteti meri Xesus Franko Larraga noma’lum kimsalarning qurolli hujumi natijasida halok bo‘ldi.
Bu haqda Universal gazetasi xabar bermoqda.
"Bir guruh qurollangan kishilar mashinaga qarata o‘t ochdi... Tankanuis meri Xesus Franko Larraga va u bilan birga mashinada bo‘lgan yana uch kishi halok bo‘ldi”, deyiladi maqolada.
Hujum 15 dekabr kuni, avtomobil Tamasunchale va Syudad Valles shaharlarini bog‘lovchi yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Morena partiyasidan nomzod Xesus Franko Larraga iyun oyida mer etib saylangan edi.
Oktyabr oyida nashr Chilpansingo de los Bravo meri Alexandro Arkos Katalan lavozimiga kirishganidan deyarli bir hafta o‘tib o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. Uning tanasi kesilgan holda topilgan.