Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Meksikada avtobuslar avtohalokati natijasida 25 kishi halok bo‘ldi

Meksikada avtobuslar avtohalokati natijasida 25 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Oaxaka va Durango shtatlarida avtobuslar ishtirokida ikkita yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Birinchi hodisa Mitla — Teuantepek shossesida yuz berdi. Avtobus Santo-Domingo-Narro aholi punktiga 200 metr qolganda ag‘darilib ketgan.

Ushbu YTH oqibatida 11 kishi vafot etdi, yana 12 fuqaro shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi.

Ikkinchi avariya Texas shtatidagi Mak-Allen shahridan kelayotgan avtobus ishtirokida sodir bo‘ldi. Ichida 24 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus yarim tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yong‘in chiqqan. Natijada 14 kishi halok bo‘ldi.

Kiritildi: 18:40 11.03.2025. O'qildi: 1515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!