Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida ichida ishchilar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan. Haydovchi esa ishchilarni tashlab, voqea joyidan qochib ketgan.
Avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan 5 nafari voqea joyida vafot etgan, 33 nafari esa turli darajada jarohat olgan. Jarohatlanganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilindi.
Tezkor tadbirlar davomida haydovchi qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.