Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Meksika AQShning harbiy yordamini rad etdi

Meksika AQShning harbiy yordamini rad etdi

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQShning Lotin Amerikasi narkokartellariga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyotlari mamlakat hududiga ta’sir qilmasligini aytdi.

Bu haqda u jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Buning Meksika hududiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu bizning hududimizga emas, ularning davlatiga tegishli. Biz buni qabul qilib bo‘lmaydigan, hech qanday kelishuvda ko‘zda tutilmagan va hech qachon variant sifatida muhokama qilinmaganligini aniq aytdik. Qachonki bu ko‘tarilgan bo‘lsa, biz har doim: "yo‘q" dedik. Biz boshqa yo‘llar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz, lekin bunday emas", - dedi u.

Avvalroq The New York Times gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Lotin Amerikasidagi narkokartellarga qarshi operasiyalarni tayyorlash, jumladan, AQShdan tashqarida harbiy kuch ishlatishni nazarda tutuvchi maxfiy ko‘rsatmani imzolagani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 09:00 09.08.2025. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!