Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mehribonlik uyidan chiqqan chin yetim bolalarga uy beriladi

Mehribonlik uyidan chiqqan chin yetim bolalarga uy beriladi

2021 yilgi davlat byujetidan shu maqsadda 30 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda 21 oktyabr kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva senatorlarning yalpi majlisida so‘z yuritdi.

«Yil boshida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar holatini tanqidiy ko‘rib chiqib, mutasaddilar oldiga aniq vazifalarni belgilab qo‘ygan edik. O‘shanda: «Ota-onasiz bolalarimiz mehribonlik uylaridan chiqqanidan keyin qayerda yashaydi, uy-joyi yo‘q-ku», deb hokimlar bilan fikr-mulohazalar almashgandik.

Mana, kelgusi yilda endi chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun birinchi marotaba 30 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Endi bolalarimizning hammasini mehribonlik uyidan chiqqanidan keyin boshpanasi bo‘ladi», – dedi Tanzila Norboyeva.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikadagi mehribonlik uylarida 2369 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ularning 338 nafari, ya’ni 14 foizini chin yetimlar tashkil etadi.

Kiritildi: 07:10 22.10.2020. O'qildi: 1692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!