Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mehnatga haq to‘lash yangilangan yagona tarif setkasi tasdiqlandi

Mehnatga haq to‘lash yangilangan yagona tarif setkasi tasdiqlandi

16 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining «Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 775-sonli qarori qabul qilindi.

Ma’lumki, 1 sentyabrdan «eng kam ish haqi miqdori» tushunchasi bekor qilinib, uning o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (634.880 so‘m) hamda bazaviy hisoblash miqdori (223.000 so‘m) joriy qilingan edi.

Shu sababli ko‘pchilik endi oylik ish haqlari qanaqa hisoblanadi, deb so‘rayotgandi. Ushbui jadvalda ayni shu savolga javob topish mumkin.

O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning 22 ta razryadi bor. Har bir razryadning oklad ish haqi turlicha bo‘ladi. Siz o‘zingizni okladingiz qancha bo‘lishini jadval asosida o‘zingiz hisoblab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun razryad ro‘parasidagi koeffisiyentni 634.880 so‘mga ko‘paytirasiz.

Masalan, 7-razryadda ishlaydigan xodimlarning oklad ish haqini hisoblaymiz - 1,505x634880=955494.

Demak, 7-razryaddagi xodimlarning okladi - 955 ming 494 so‘mni tashkil etadi, deb yozadi Xushnudbek.

Kiritildi: 11:05 17.09.2019. O'qildi: 13162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!