Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
📁Hisob-kitob xodimga quyidagilarni to‘lashni o‘z ichiga oladi:
🔹oxirigacha olinmagan ish haqini;
🔹xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensasiyalarni;
🔹agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni.
📌 Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.