Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi

A A A
Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi

Kodeksga ko‘ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:

▪️mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;

▪️mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;

▪️mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;

▪️mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;

▪️xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.

Kiritildi: 09:57 30.10.2022. O'qildi: 1945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!