Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mehmonxonalar qanday talablar asosida faoliyat yuritishi ma’lum qilindi

A A A
Mehmonxonalar qanday talablar asosida faoliyat yuritishi ma’lum qilindi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mehmonxonalar uchun o‘z xizmatlarini tashkil etishda pandemiya sharoitidan kelib chiquvchi qo‘shimcha talablar belgilandi.

Unga ko‘ra:

- mehmonxonalarda qabulxona, kutish zallari, yo‘laklar, zinalar, lift, sanitar-gigiyenik nuqtalari har 8 soatda hamda umumiy foydalanishdagi buyumlar (eshik tutqichi, lift tugmalari, kutish zalidagi stol, ro‘yxatga olish joyi stoykasi va undagi ruchkalar) har 2 soatda kamida 1 marotaba dezinfeksiya qilinishi;

- umumiy foydalanishdagi ob’ektlar (lift, sanitariya-gigiyena nuqtalari, valyuta ayriboshlash shohobchalari, ovqatlanish joylari va boshqalar) antiseptik vositalari bilan uzluksiz ta’minlashi hamda qo‘lni davriy tozalab turish bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lishi;

- binoning kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini doimiy o‘lchashni va dezinfeksiyalashni yo‘lga qo‘yilishi;

- xodimlar va mijozlarning sonidan kelib chiqib shaxsiy himoya vositalarining (niqob, qo‘lqop, antiseptik vosita va boshqalar) kamida besh kunlik zaxirasi shakllantirilishi va doimiy mavjud bo‘lishi;

- mehmonxonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot xodimining doimiy faoliyati ta’minlanishi;

- mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 2 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.

Mazkur talablar nomerlari soni 10 tadan ko‘p bo‘lgan mehmonxonalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Pandemiya sharoitida xostellar va mehmon uylari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Kiritildi: 14:41 07.05.2020. O'qildi: 4068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!